description

5-dekabr - Butunjahon tuproq kuni 

    Tuproq va suv Yerdagi hayot uchun eng muhim manbalardir. Biz iste’mol qiladigan oziq-ovqatimizning 95% tuproqdan keladi va uning sifati bu ikki asosiy manbaning sifatiga bog'liq. Tuproq tarkibidagi suv o'simliklarning ozuqa moddalarini o'zlashtirishi uchun zarurdir. Tuproq-suv munosabatlari qishloq xo‘jaligi tizimining asosini tashkil etadi.

    Iqlim o'zgarishi va inson faoliyati natijasida tuproq degradatsiyasi yuzaga keldi, bu esa suv resurslariga haddan tashqari bosimni keltirib chiqardi. Natijada, tuproq eroziyasi kuchayib, uning suvni saqlash, drenajlash va filtrlash qobiliyatini buzilib bormoqda va bu insoniyat hayotining barcha jabhalarida suv tanqisligini kuchaytiradi.

    Butunjahon tuproq kuni har yili 5-dekabrda tuproq sifati va tuproq resurslarini barqaror boshqarish muhimligi haqida xabardorlikni oshirish maqsadida nishonlanadi. Bu kunni har yili nishonlash 2002-yilda Xalqaro tuproqshunoslik ittifoqi tomonidan tavsiya etilgan va Tailand Qirolligi rahbarligi hamda Global tuproq hamkorligi va  Birlashgan millatlar tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Butunjahon tuproq kunini rasmiy tashkil etish uchun global platformani qo'llab-quvvatlagan. FAO konferensiyasi 2013-yil iyun oyida Butunjahon tuproq kunini nishonlashni bir ovozdan ma’qullab, BMT Bosh Assambleyasining 68-sessiyasida uni rasmiy tasdiqlashni so‘ragan.

    Bu kun har yili dolzarb muammodan kelib chiqib, ma’lum bir mavzuda nishonlanadi. Bu yilgi Butunjahon tuproq kunining mavzusi - "Tuproq sifatini yaxshilash: o'lchash, nazorat qilish va boshqarish".

Menyu