Viloyatda joriy yilda jami 24730 gektar maydonda chigit ekilgan boʻlib, 963 gektarida gʻoʻza Shinjon texnologiyasi asosida parvarish qilinadi. Shundan, 178 gektar maydonda plyonka ostiga, tomchilatib sugʻorish asosida agrotexnik tadbirlar olib boriladi. Ushbu ekilgan plyonka osti maydonlarida yogʻingarchiliklar taʼsirida biroz zararlanish hollari uchragan boʻlib, bu borada mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi. Jumladan, Qiziltepa tumani “Gʻordevon” hududidagi “Ahmad Nomoz” fermer xoʻjaligining 2 gektar maydonida xorijiy “Xin Lu Zao-57” navli chigit gektarida oʻrtacha 21 kg/ga dan chigit sarflab ekilgan. Ekish sxemasi 76x10x1 sm, qoʻshqator usulda plyonka ostiga 13 aprelʼ kunlari chigit ekilgan. Baʼzi joylarda chigit ekilgan uyalarda tuproq koʻp tushganligi sababli koʻchatlarni unib chiqishi kechikyapti. Shu dalaning yonida ochiq maydonda ekilgan dalada ham foydali harorat toʻliq olmaganligi sababli chigit unib chiqishi sekin.
Shuningdek, tumanning “Arslon Nazar” fermer xoʻjaligining 5 gektar, “Adolat Mashʼalasi” fermer xoʻjaligining 10 gektarlik, “Gʻordevon tongi” fermer xoʻjaligining 3 gektarlik maydonida ham plyonka ostiga ekilgan maydonlarida ham yuqoridagi holat kuzatilgan boʻlib, qatqaloq taʼsirida chigit unib chiqishi juda sust.
Ishchi guruhi aʼzolari va mutaxassislari tomonidan berilgan tavsiya:
Ushbu plyonka ostiga ekilgan maydonlarda tez muddatda, yaʼni 2 kun ichida qoʻl kuchida tuproqni yuza qismini yumshatish orqali qatqaloqni bartaraf etish zarur. Ochiqda ekilgan maydonlarda esa, unib chiqqan konturlarida rotatsion matigalar bilan ishlov berish, hali unib chiqmagan konturlarda esa, koʻndalangiga borona oʻtkazib, qatqaloqni yumshatish kerak.
Shuningdek, viloyatning Navbahor tumani “Yangiqurgʻon” xududidagi “Nevagrosestem” fermer xoʻjaligining 18,5 gektar maydoniga maxalliy “Sulton” navli Elita avlodli paxtaning urugʻlik chigitlaridan 16-18 kg/ga xisobida tuksiz chigitlar 10-17-aprelʼ kunlari ekilgan. Ushbu maydonlardagi ekilgan chigitlar nishlash va unib chiqish jarayonida, plyonka ustiga tushib qolgan tuproq natijasida qatqaloq vujudga kelganligi sababli toʻliq unib chiqmagan.
Ishchi guruhi aʼzolari va mutaxassislari tomonidan berilgan tavsiya:
Ushbu plyonka ostiga ekilgan maydonlarda tez muddatda, yaʼni 2 kun ichida qoʻl kuchida tuproqni yuza qismini yumshatish orqali qatqaloqni bartaraf etish zarur. Ochiqda ekilgan maydonlarda esa, unib chiqqan konturlarida rotatsion matigalar bilan ishlov berish, hali unib chiqmagan konturlarda esa, koʻndalangiga borona oʻtkazib, qatqaloqni yumshatish kerak.
Shu bilan birga Karmana tumaning “Madaniyat” xududidagi “Sevoltepa Ravnaqi” fermer xoʻjaligining 12 gektar maydoniga xorijiy “Xin Lu Zao -57” navli paxtaning urugʻlik chigitlaridan 16-18 kg/ga xisobida tuksiz chigitlar 10-16-aprelʼ kunlari ekilgan. Ushbu maydonlardagi ekilgan chigitlar nishlash jarayonida, unib chiqmagan plyonka ustiga tushib qolgan tuproq natijasida qatqaloq vujudga kelgan.
Tumanning “Jaloyir” xududidagi “Xizir Nazar” fermer xoʻjaligining 8,5 gektar maydoniga xorijiy “Xin Lu Zao 57” navli paxtaning urugʻlik chigitlaridan 16-17-aprelʼ kunlari ekilgan. Ushbu maydonlardagi ekilgan chigitlar nishlash jarayonida boʻlib, unib chiqmagan plyonka ustiga tushib qolgan tuproq natijasida qatqaloq vujudga kelgan.
Ushbu plyonka ostiga ekilgan maydonlarda yerning nami balandligini inobatga olib, 3-4 kun ichida mexanik usulda, yaʼni qoʻl kuchida tuproqni yuza qismini yumshatish orqali qatqaloqni bartaraf etish zarur. Yuqorida bildirilgan tavsiyaga oʻxshab ochiqda ekilgan maydonlarda esa, yer yetilishi bilan qator oralariga rotatsion matiga bilan ishlov berish talab etiladi. Chigit unib chiqmagan dalalarda koʻndalangiga borona oʻtkazib, qatqaloqni yumshatish kerak.
Viloyatning Xatirchi tumani “A.Navoiy” xududidagi “Olami tojizor saxovati” fermer xoʻjaligining 25 gektar maydonga mahalliy “S-01” navli paxtaning urugʻlik chigitlaridan 20 kg/ga hisobida tuksiz chigitlar 76x10x1 sm qoʻshqator usulda plyonka ostiga tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etib 7-8-aprelʼ kunlari chigit ekilgan. Ushbu maydonlardagi ekilgan chigitlar unib chiqish jarayonida, plyonka ustiga tushib qolgan tuproq natijasida qatqaloq vujudga kelganligi sababli toʻliq unib chiqmagan.
Shuningdek, tumanning “A.Navoiy” xududidagi “Oqmirza Normamatov” fermer xoʻjaligining 15 gektar, “Ibn Sino” xududidagi “Sagʻdulla bobo Luqmonov” fermer xoʻjaligining 63 gektar, maydonlarida mahalliy “S-01” navli paxtaning urugʻlik chigitlaridan 20 kg/ga hisobida tuksiz chigitlar 76x10 sm qoʻshqator usulda plyonka ostiga tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etib 12-13-aprelʼ kunlari chigit ekilgan. Ushbu maydonlardagi ekilgan chigitlar unib chiqish jarayonida, plyonka ustiga tushib qolgan tuproq natijasida qatqaloq vujudga kelganligi sababli toʻliq unib chiqmagan.
Umuman olganda, viloyatda joriy yil aprel oyi har yilgidan seryogʻin keldi va surunkali yogʻingarchiliklar, baʼzan esa issiq harorat kuzatildi. Natijada koʻp maydonlarda qatqaloq paydo boʻldi. Gʻoʻza nihollari 2-4 chin barg davrida rivojlanayotgan va chigit erta ekilgan dalalarda 5-6 chin barg paydo boʻlgan boʻlsada, koʻpgina maydonlarda kuchli qatqaloq hosil boʻlib, gʻoʻzani durkun rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsata boshladi. Bu holatda qatqaloq tezda yumshatilib, bartaraf etilmasa, gʻoʻzani ildizi sust rivojlanadi, ildiz chirish yoki gommoz kasalliklari koʻpayib, yosh nihollarga zarar yetkazadi hamda begona oʻtlar koʻpayib ketadi. Bunday holatda qatqaloqni yumshatish va gʻoʻza qator oralariga ishlov berish ishlarini ilmiy asoslangan agrotexnik qoidalarga mos ravishda toʻgʻri bajarishga alohida eʼtibor qaratish lozim.
ikki kun muddatda plyonka ustida yuzaga kelgan qatqaloqni qoʻl kuchi yordamida tezda bartaraf etish, plyonkani chigit ekish uchun teshilgan joylariga chirigan mahhaliy oʻgʻit (gung) yoki mayin-qum tuproq aralashmasidan solib chiqish hamda har bir konturning tuproq–iqlim sharoiti va namligini inobatga olgan holda chuqur yumshatgich oʻtkazish ishlarini amalga oshirish bugungi kunning muhim agrotexnik tadbirlari hisoblanadi.