description

Agrar soha ilmini rivojlantirishda Avstraliyalik olimlar bilan hamkorlik

       Shu   kunlarda  Qishloq  xo‘jaligida   bilim   va   innovatsiyalar   milliy   markazi   direktori  Shuhrat  Otajonov  rahbarligidagi agrar  soha   olimlaridan   iborat   delegatsiya  a’zolari  Avstraliyada  xizmat  safarini  amalga  oshirmoqda.  Safardan   ko‘zlangan  maqsad,  paxtachilik  va  g‘allachilikda  yangi  navlar  seleksiyasi  va  urug‘chiligi,  genetik  modifikatsiyalangan  g‘o‘za  navlarini  yaratish  hamda urug‘chiligi  va yetishtirishdagi ilg‘or innovasion texnologiyalarni o‘rganish va respublikamizda joriy etish. Shuningdek, Avstraliya mintaqasiga mos bo‘lgan o‘simlik va ekin turlarini respubliikamizga introduksiya qilish va ularni tadqiq qilish asosida stress omillarga chidamli barqaror hosil va sifatga ega navlarni yaratishdir.                                                                                        Delegatsiya   a’zolari    xizmat   safarining    birinchi    ish    kunida    ayni    maqsadda    Avstraliyaning   Brizben   shahrida   joy-lashgan “Barenbrug” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashib kelgusida ushbu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borish uchun hamkorlik memorandumi imzolashga erishdilar.                                                                                                                                                                    Ma’lumot uchun “Barenbrug” kompaniyasi dunyodagi eng yirik kompaniyalarlardan biri bo‘lib ozuqabop ekin turlarining  yangi navlarini yaratish, urug‘chiligi va yetkazib berish bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi.

Menyu