description

"1 Agrobereke" MCHJ tomonidan taklif etilgan xitoylik mutaxassislar janob Hu Yingguang va Zhang Honglar  Jizzax viloyatining Mirzacho'l tumanida ekilgan "XinLuZao-52" navi ekilgan maydonlarda bo'lishdi

    Joriy yilning 31-iyul kuni "Agrobereke" MCHJ tomonidan taklif etilgan xitoylik mutaxassislar janob Hu Yingguang va Zhang Honglar Jizzax viloyatining Mirzacho'l tumanida ekilgan "XinLuZao-52" navi ekilgan maydonlarda bo'lishdi. Ularga Jizzax viloyati agroxizmatlar markazi raxbari boshchilik qildi. Bu yerda mutaxassislar kerakli maslahatlar berib, g'o'zaning o'sish jarayonini ko'zdan kechirishdi. Hosil elementlari koʻp va vaqtida chilpish ishlari amalga amalga oshirilgan.  Ammo mineral oʻgʼitlar kam qoʻlanilgani va chilpishlashdan soʻng Sojean sepilmagani tanqid qilindi.

    Keyingi hudud Jizzax viloyatining Arnasoy tumani bo'ldi. Bu yerda ham ushbu nav ekilgan. Maydonda plyonka ostiga tomchilatib sugʼorish agratexnalogiyasi qoʻlanilgani mutaxasislar tomonidan ijobiy baholandi ammo hududda kaliy umuman qo'llanilmaganligi qattiq tanqid qilindi. Xorijiy mutaxassislar fermer xoʻjaligi rahbariga kelgusida qilinadigan ishlar yuzasidan tavsiyalar berishdi.
Xususan, Tomchilatib sugʼorish orqali har sugʻorish davomida mineral oʻgʻitlar berilishi kerakligini maslahat berishdi.

Menyu