Amaliy ko‘mak, joyida monitoring va samarali tavsiyalar
Andijon tumanidagi "Akbarali Fayzi", "Ahli Din ilg‘or" va "Soyguzar Kurki" fermer xo'jaliklari rahbarlari bilan birgalikda dala maydonlari o‘rganilib, hozirgi bosqichda amalga oshirilayotgan agrotexnik ishlar yuzasidan nazorat ishlari olib borildi. O‘rganishlar jarayonida quyidagi dolzarb agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi muhimligi ta’kidlandi:
G‘o‘za qator oralari va atrofini begona o‘tlardan tozalash:
→ bu, o‘simliklarning o‘sishini cheklovchi omillarni kamaytiradi va oziqa moddalarning to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlaydi.
Chopiq va sathiy yumshatish ishlari:
→ tuproqning havo almashinuvini yaxshilaydi va namlikni saqlab qoladi.
Biomahsulotlar qo‘llash orqali o‘simlik immunitetini oshirish:
→ ekologik toza hosil yetishtirishda muhim ahamiyatga ega.
Kultivatsiya va zarur hollarda sug‘orish ishlari:
→ ayniqsa, hosil shakllanishi davrida suv me’yorda berilishi lozim.
Shira va trips kabi zararkunandalarga qarshi kurash:
→ biologik va kimyoviy usullarni uyg‘unlashtirib, zararkunandalar soni nazoratda ushlab turiladi.
Mahalliy go‘ng chiqarish va "sharbat" usulida sug‘orish:
→ tuproq unumdorligini oshiradi va tuproq mikroflorasi yaxshilanadi.
Suyuq o‘g‘itlar (suspensiya) tayyorlash va chuqur yumshatish ishlari:
→ o‘simlik ildizlarining rivojlanishiga qulay muhit yaratadi.
Tuman agromaslahatchisi X. Abdurahmonov tomonidan joyida tushuntirish ishlari olib borilib, mavjud agrotexnik faoliyatga nisbatan amaliy tavsiyalar va takliflar bildirildi. Fermerlar bilan ochiq muloqot tarzida tajriba almashindi.