description

Ayrim qishloq xo‘jaligi texnikalari boj va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi 

        «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan, qishloq xo‘jaligi texnikalari yetkazib berishda amaldagi qonunchilikka muvofiq qo‘llaniladigan imtiyozlar (subsidiya, soliq va bojxona imtiyozlari va moliyaviy yordamlar) faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar va dilerlar orqali muomalaga chiqariladigan qishloq xo‘jaligi texnikalariga nisbatan tatbiq etiladi.

        2027-yil 1-yanvargacha quyidagilar bojxona bojidan va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi:

-Belgilangan talablarga javob beradigan paxta terish kombaynlari, o‘ziyurar ozuqa yig‘uvchi va bog‘dorchilik kombaynlari, ko‘chat ko‘mish va ochish texnikalari;

-mahalliy ishlab chiqaruvchilar va dilerlik xizmati tomonidan xorijdan olib kelinadigan yangi paxta terish kombaynlari, o‘ziyurar ozuqa yig‘uvchi va bog‘dorchilik kombaynlari, ko‘chat ko‘mish va ochish texnikalari;

-2025-yil 1-martdan imtiyozlardan foydalangan holda xarid qilingan, shu jumladan, respublikada ishlab chiqarilgan va import qilingan yangi traktorlar va kombaynlarni GPS qurilmasini o‘rnatmagan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ulardan foydalanish taqiqlanadi;

-2028-yil 1-yanvardan asosiy paxta va g‘alla hosili uchun paxta chigiti va bug‘doyni ekishda aniq donalab ekmaydigan seyalkalardan foydalanish taqiqlanadi.

Menyu