Bilasiz, yurtimiz bo'ylab paxta dalalarida yig'im-terim ishlari yakuniga yetib bormoqda. Ayni kunlarda paxtachilik sohasi oldida turgan eng muhim masala bu paxta hosilini nes-nobud qilmasdan, kuchli yog'ingarchilkka qoldirmasdan yig'ib olish.
Bugun biz Bekobod tumanida ekilgan "Chjuntay-2" va "XinLuZao-78" xorijiy paxta navlari parvarish qilingan hududlarga chiqib, navlarning sifati, hosildorligi va natija bo'yicha fermer xo'jaligi rahbarlarining fikrlari bilan qiziqdik.