description

Better Cotton Initiative standartlari asosida paxta yetishtirishning ahamiyati

    PSUYAITI Oqqo'rg'on ilmiy tajriba stansiyasida "BCI (Better Cotton Initiative) standartlari asosida mahalliy va xorijiy paxta navlarini yetishtirish texnologiyasini o'rganish" mavzusida  ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda  Oqqo'rg'on hududida faoliyat olib borayotgan 30 dan ortiq fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi. 

    Seminar qatnashchilariga BCI assotsiatsiyasi a'zolari tomonidan BCI standartlari asosida yetishtirilgan va sertifikatiga ega bo'lgan paxtaning jahon bozoridagi o'rni va xaridorgirligi hamda targ'ib etilayotgan ushbu amaliyotning afzalliklari, ekologik muhitga ijobiy ta'siri haqida qizg'in munozaralar bo'lib o'tdi.  

    Seminar kun tartibidan o'rin olgan navbatdagi masala yuzasidan Oqqo'rg'on ITS direktori q.x.f.f.d G.Abduvohidov so'zga chiqib, xorijiy g'oza navlarini Xitoy texnologiyasi asosida 76x10 sm qo'shqator usulida yetishtirish, uning ilmiy asoslari va kutiladiqan iqtisodiy natijalar haqida  seminar qatnashchilariga atroflicha tushuncha berdi.

    Shuningdek, Paxtachilik kengashi Toshkent viloyati ishchi guruhi а'zolari, Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda texnika egalari bilan uchrashib, texnikalarni yangi sxemaga mos holda sozlash bo'yicha tushuncha va tavsiyalar berildi.

Menyu