Biochar tuproq unumdorligini oshiradi, iqlim o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan chiqindilarni kamaytiradi va eng muhimi – fermerlarga qo‘shimcha daromad eshigini ochadi.
✅Bioko‘mir texnologiyasini samarali tatbiq etuvchi fermer xo‘jaliklari sertifikatlanadi va global uglerod savdosi tizimiga bevosita ulanadi. Bu fermerlarga uglerod kreditlari orqali xalqaro miqyosda pul ishlash imkonini beradi. Demak, oddiy paxta endilikda nafaqat toza, balki yashil iqtisodiyotning yangi manbai hamdir.