description

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) rahbari Suy Dunyuy O’zbekistonga tashrif buyurdi

Poytaxtimizda “Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro forum doirasida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) rahbari Suy Dunyuy Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Suy Dunyuy hamda forum ishtirokchilariga Markaz tashkil etilishining mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi. Shuningdek Milliy markaz hududida joylashgan O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik markazi ham ko‘zdan kechirildi.

Xorijlik mehmonlar Milliy markazda tashkil etilgan “Agroinnovatsion texnologiyalar va ilmiy yondashuvlar” deb nomlangan ko‘rgazmada ham ishtirok etdi. Ko‘rgazmada Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari o‘zlarining 500 dan ortiq ilmiy ishlanmalarini namoyish qildi.

Vazir Ibrohim Abdurahmonov so‘nggi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga hamda qurg‘oqchilikka chidamli ekin navlarini yaratish, nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan innovatsion va ilmiy ishlanmalar haqida mehmonlarga so‘zlab berdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz agrar soha olimlari tomonidan erishilgan yutuqlar soha rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy izlanishlar natijalari mehmonlarni, xususan Suy Dunyuyni ham befarq qoldirmadi. Ayniqsa, poliz mahsulotlarining mazasini e’tirof etdi.

 Kunning ikkinchi qismida esa forumda ishtirok etayotgan davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlari Milliy markazga tashrif buyurib, ko‘rgazmaga qo‘yilgan ilmiy ishlanmalar, Markaz hududida O‘mon sultonligi bilan hamkorlikda tashkil etilib, xalqaro miqyosda faoliyat ko‘rsatayotgan laboratoriya, shuningdek, Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil qilinayotgan Zamonaviy agrotexnologiyalar o‘quv markazi bilan ham yaqindan tanishdi. Bu yerda olib borilayotgan ilmiy va innovatsion faoliyatlarni xorijlik mehmonlar yuqori baholashdi.

Batafsil ushbu lavhada tomosha qilishingiz mumkin: https://t.me/Respublika_AKIS/1097

Menyu