Buxoroda xorijiy g‘o‘za navlarini yetishtirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish bo‘yicha dala-seminari o‘tkazildi
Buxoro viloyatining Vobkent tumanida joylashgan “Buxoro Agroklaster" MCHJ dala maydonlarida Xitoydan keltirilgan g‘o‘za navlarini yetishtirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish bo‘yicha dala-seminari o‘tkazildi. Seminarda xorijiy g‘o‘za navlarini biostimulyatorlar bilan bargidan oziqlantirish, g‘o‘za maydonlarida birinchi suv olish, dala maydonlarida hamda g'o'zada ko'p uchraydigan kasalliklar va zararkunandalar bilan kurashish bo‘yicha ekspertlar tavsiyasi berildi.