description

 Fermer xo‘jaliklarida ko‘p tarmoqli faoliyatni rivojlantirish muhokama qilindi

   Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida “Fermer xo‘jaliklarida innovatsion loyihalarni joriy etish orqali ko‘p tarmoqli faoliyatni rivojlantirish” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Respublika agroxizmatlar markazi Toshkent viloyati mutaxassislari, O‘zbekiston fermerlari kengashi vakillari, Agrokimyoviy tahlil markazi mutaxassislari, “Berat Agro” meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonasi, “Xorrot” baliqchilik xo‘jaligi rahbarlari va boshqa tashkilotlar vakillari qatnashdi.

    Toshkent  viloyati  agroxizmatlar  markazi  rahbari  Q.Yusupov  boshchiligida  seminar  ishtirokchilariga  Jivamrit bio-o‘g‘itini  tayyorlash va uni ekinlarga qo‘llashning foydalari haqida amaliy tushunchalar berildi.

    Tadbir  davomida tuproq  unumdorligini  oshirish, hosildorlikni  ko‘paytirish  va  innovatsion  texnologiyalarni  fermer  xo‘jaliklariga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek,
- qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash bo‘yicha yangiliklar;
- qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish;
- uzumchilikda so‘ritok usuli va intensiv bog‘lar;
- in-vitro laboratoriyasida ko‘chat yetishtirish;
- issiqxona tashkil etish bo‘yicha tajribalar;
- tuproq unumdorligini oshirishda laboratoriya tahlillari kabi mavzular yuzasidan yig'ilganlarga ma'lumot berildi.

Batafsil video lavhada: https://t.me/Paxtachilik_kengashi/2842

Menyu