description

"Genetik jihatdan o‘zgartirilgan (Bt) g‘o‘za navlarini yetishtirish, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini boshqarish hamda yuqori samarador mahalliy intensiv agrotexnologiyani joriy etish" mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Milliy markazda "Genetik jihatdan o‘zgartirilgan (Bt) g‘o‘za navlarini yetishtirish, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini boshqarish hamda yuqori samarador mahalliy intensiv agrotexnologiyani joriy etish" mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov, rahbar maslahatchisi Zabardast Bo‘riyev va direktor o‘rinbosari Bunyod Mamarahimov taqdimot qildi.  

Shuhrat Otajonov o‘z taqdimotida seminar qatnashchilarni genetik jihatdan o‘zgartirilgan (Bt)* g‘o‘za navlarini yetishtirish,  kasallik va zararkunandalarga chidamliligini boshqarish hamda yuqori samarador mahalliy intensiv agrotexnologiyani joriy etish bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan strategiyasi bilan tanishtirdi.

Genetik olim Zabardast Boriyev BT texnologiyasining ahamiyati, uni goza navlaridagi xususiyati haqida taqdimot qildiJahonda BT texnologiyasiga otish 1996-yilda boshlangani, bu texnologiya patentlanganligi sabab, uni shu vaqtgacha mamlakatimizda joriy qilish mumkin bolmaganibizga bu texnologiya xorij seleksiyasi bilan kirib kelganligini ma'lum qildi.

Yigilish songida xorijiy va mahalliy goza navlarning nazoratini amalga oshirish boyicha hududiy AKISlar va Paxta seleksiyasi, urugchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining hududlardagi ilmiy-tajriba stansiyalari xodimlari mentor hisoblanib, bu boradagi ishlarni fermer xojaliklarida tizimli ish olib borilishida komaklashishi takidlandi.

 

 

 

Menyu