description

Go‘zani sharbat usulida sug'orish 

    Paxtachilikda sug'orish "sharbat" usulida olib borilsa, namlik uzoqroq saqlanadi, go‘za tez chanqab qolmaydi. Mahalliy go‘ng go‘zaga ozuqa beradi va mulcha vazifasini bajaradi, suvning bug‘lanishini kamaytiradi va tuproqqa singishini yaxshilaydi. Sharbat usulida sug‘orish uchun handaklar sugorishdan 5-6 kun oldin suvga to‘ldirilib, sug‘orishlar amalga oshiriladi. 

     G‘o‘zani sharbat usulida sug‘orishda go‘ngning oqova suv bilan daladan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. 
     Sug‘orish samaradorligini oshirish omillari:
g‘o‘zani egat orqali navbatlab sug'orish. Sizot suvlari joylashgan tuproqlarda oralatib sug‘orish; 
birinchi sug‘orishda egat tashlab, ikkinchisida suv yurmagan egatlardan sug‘orish shart;
har suvdan keyin chopiq traktori ikkita ishni bir vaqtda ya'ni suv yurgan qatorni yumshatib, suv yurmagan qatorga egat olib, keyingi suvga tayyorlanishi kerak.

❗️G'o'zani egat oralatib sug'orish mavsumiy suv miqdorini oddiy usulga nisbatan 15% tejalishiga yordam beradi.

Menyu