description

Hosildorlikni oshirgan xorijiy navlar: Vobkentdagi ilg‘or tajriba

      Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishchi tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrifning dastlabki manzili — Vobkent tumanidagi “Garden Buxoro Agroklaster” MCHJga aylandi. Vazirga viloyat hokimi Botir Zaripov hamda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Saidkarim Nishonboyev hamrohlik qilmoqda.                                                                                                                                            “Garden Buxoro Agroklaster” hozirda 6 ta tumanda faoliyat yuritib, jami 34 ming gektar paxta maydoniga egalik qiladi. Shundan 20 ming gektarda  xorijiy  navlar  ekilgan  bo‘lib,  tajriba  o‘z  samarasini  bera  boshlagan. Klasterning o‘z  dalalarida  hosildorlik 70 s/ga, fermerlarda esa 60–65 s/gani tashkil etmoqda.                                                                                                                                                             Dalalarda zamonaviy texnika va suv tejovchi texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, desikatsiya ishlari dronlar yordamida olib borilayotgani e’tiborga molik.  Natijada  hosildorlik  70  sentnerdan  oshgan.  Ushbu  tajriba  nafaqat  klasterda, balki  butun viloyat fermerlari  uchun  ilg‘or  agrotexnologiyalarni  o‘rganish  va   tatbiq  etishda  ibrat   maktabi   bo‘lib  xizmat  qilmoqda. Dalalarda kungaboqar  va  makkajo‘xori  himoya  belbog‘i  sifatida  ekilib, shamol  va  zararkunandalarga  qarshi  tabiiy  to‘siq  yaratgan.                             Vazir o‘z navbatida, hosilni sifatli va tez yig‘ishtirib olish eng muhim vazifa ekanini ta’kidladi. Shu munosabat bilan fermerlar faoliyatini muvofiql ashtirish, desikatsiya  tadbirlarini  zudlik  bilan yakunlash  bo‘yicha  topshiriqlar  berildi.  Zero, hosildorlikni  oshirish – zamonaviy ilm,  to‘g‘ri  yondashuv  va  fidokor  mehnatning  samarasi, Vobkent  dalalarida  buning  yaqqol  isboti  namoyon  bo‘lmoqda.

Menyu