description

Kattaqo‘rg‘onda g‘o‘za parvarishiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

    Kattaqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi Samarqand viloyati ishchi guruhi, tuman hokimligi va viloyat Agroхizmatlar markazi tashabbusi bilan dala sharoitida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi. Seminarni tuman hokimi J.Nasriddinov ochib berdi. Shundan so‘ng Samarqand viloyati Agroхizmatlar markazi direktori A.Narbayev so‘zga chiqib, dolzarb 30 kunlik doirasida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar yuzasidan tanqidiy mulohazalar bildirildi.

   Jumladan:
sharbat usulida tunda sug‘orish, g‘o‘zaning tez chanqashiga moslashgan rejimda amalga oshirilishi;
chilpish ishlari, bargdan oziqlantirish va kultivatsiya tadbirlari belgilangan tartibda bajarilishi;
zararkunandalarga qarshi insektitsidlar va akaritsidlar, shuningdek, entomofaglar orqali biologik nazoratni kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

    Paxtachilik kengashi ishchi guruhi a’zosi professor M.Mashrapov ham “Shinjon” texnologiyasining afzalliklari haqida gapirib, kartogrammalarga asoslangan yondashuv va ilmiy tavsiyalarni taqdim etdi.

    Seminar g‘o‘za parvarishida texnologik intizomni kuchaytirish va hosildorlikni oshirishga qaratildi.

Menyu