description

Keyingi yil hosili uchun sifatli urug'lik jamg'arish ayni kunlarda soha oldida turgan eng muhim vazifa

     Xabaringiz bor ayni kunlarda Qishloq xo'jaligi vaziri,  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi raisi I.Abdurahmonov  agrar sohadagi amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijadorligi va kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatida bo'lib turibdi. Ma'lumki, keyingi yil hosili uchun sifatli urug'lik jamg'arish ayni kunlarda paxtachilik oldida turgan eng muhim vazifalardan biri. Shu bois, bugun Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, Paxtachilik kengashi kotibi Sh.Otajonov boshchiligidagi kengash a'zolaridan iborat guruh Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi "Indorama agro" MChJda xorijiy chigitdan jamg'arilgan urug'liklarni ko'zdan kechirishdi.

Menyu