description

“Madad” guruhi dehqon va fermerlarga chinakam madad bo‘lmoqda

     Paxta hosildorligini oshirish boʻyicha yangi tizim joriy etish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarga asoslangan urugʻchilik, nav tanlash, yerga  ishlov  berish,  oʻgʻitlash  va  sugʻorish  ishlarini yoʻlga   qoʻyish  orqali  paxta-toʻqimachilik  sohasida  eksport  hajmlari va daromadni oshirish bugungi davr talabidir.                                                                                              Ob-havo va boshqa omillar tufayli yildan yilga qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini yetishtirishda turli muammolar yuzaga kelnmoqda. Muammoni  hal  etish choralari  ustida olimlar va soha mutaxassislari ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ushbu jarayonda keksa dehqon va agronomlarning tajribalariga tayanib ish koʻrish maqsadga muvofiq. Shunga koʻra, Paxtachilik kengashi Toshkent viloyati ishchi guruhi bilan birga tajribali dexqon va agronomlardan iborat “Madad” guruhi ish boshladi.              Guruh aʼzolari gʻoʻza ekilgan maydonlarda koʻp yillik ish tajribasiga tayangan holda, tahlillar asosida fermerlarga organik va mineral oʻgʻitlarni qoʻllashni yanada yaxshilash, zamonaviy biostimulyatorlarni qoʻllash, gʻoʻza kasallik va zarar-kunandalariga qarshi samarali dori vositalaridan foydalanish boʻyicha tavsiya va takliflar bermoqda.                                                   Bundan  tashqari, “Madad” guruhi  a’zolari bugungi  kunda  global  iqlim  oʻzgarishi  fonida  Toshkent  viloyatida  ham  suv taqchilligining oldini olish maqsadida paxta yetishtirish jarayonida samarali sugʻorish tizimi va tejamkor texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha koʻrsatmalar berib borishmoqda.                                                                                                                              Guruhning navbatdagi tashrifi Bo‘ka tumani “Sarkor” fermer xo‘jaligiga uyushtirildi va unga Paxtachilik kengashi Tosh-kent viloyati ishchi guruhi rahbari, Toshkent viloyati agroxizmatlar markazi direktori Q.Yusupov ham hamrohlik qildi.
        Jarayonni batafsil quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin:                                                                                                        https://t.me/Respublika_AKIS/323

Menyu