description

Mahalliy gʻoʻza navlari ham endilikda yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalar asosida yetishtirilmoqda

    Yurtimizda paxtachilik sohasini modernizatsiya qilish, hosildorlikni oshirish va fermerlarning daromadini  ko‘paytirish  maqsadida g‘o‘za yetishtirishda  Shinjon  texnologiyasi   asosidagi  ilg‘or  usullar  keng  joriy  etilmoqda. 76x10 sm   qo‘shqator  sxema,  220–240 ming nihol zichligida, plyonka ostida  tomchilab  sug‘orish usulida parvarishlash orqali, mahalliy gʻoʻza navlaridan ham 60–70 s/ga gacha hosildorlikka erishish  mumkin.

Ushbu texnologiya nafaqat hosildorlikni oshiradi, balki:
2 600 m³ suvni,
10 kg urug‘lik chigitni,
460 kg mineral o‘g‘itni tejaydi,
va 18 million so‘mgacha qo‘shimcha daromad olish imkonini beradi.

    Bu tajriba xorijiy (Shinjon – Xitoy) mutaxassislar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilmoqda.

    Paxtachilik kengashi kotibi Sh.Otajonov manashunday usulda mahalliy nav parvarishlanayotgan hududlardan biriga tashrif buyurdi. Batafsil video lavhada.
Havoola: https://t.me/Paxtachilik_kengashi/2619

Menyu