description

Mahalliy va Xitoy gʻoʻza navlarini chatishtirish boʻyicha mahorat darsi oʻtkazildi

    Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Ilmiy-tajriba stansiyalarida mahalliy gʻoʻza navlarini Xitoy seleksiyasiga mansub XinluZao-52 va XinluZao-78 kabi genetik jihatdan oʻzgartirilgan gʻoʻza navlari bilan chatishtirish boʻyicha mahorat darsi tashkil etildi.

    Dars davomida seleksionerlar F1 durgaylarda kosak qurtiga qarshi bardoshlilik  hamda gerbitsidga chidamlilik xususiyatlarini shakllantirish, bekkross chatishtirish  texnikalari bilan tanishdilar.

    Bunday amaliy mashgʻulotlar seleksiya ishlarini yanada samarali tashkil etish va yangi avlod paxta navlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Batafsil video lavhada: https://t.me/Paxtachilik_kengashi/2498

Menyu