description

Namangan viloyatida ekilgan xorijiy paxta navlari monitoring qilinmoqda

 

    “Tian Ye Plastik” kompaniyasi jamoasi Xitoydan kelgan mutaxasislar bilan birgalikda Namangan viloyatining Norin, Uchqoʻrgʻon va Uychi tumanlarida paxtaning “Xin Lu Zao 78” Xitoy navini parvarish qilayotgan fermer xoʻjaliklari bilan seminar-uchrashuv oʻtkazdi. Seminarda fermerlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Seminar paxta dalasining oʻzida tashkil qilinganligi paxtaning real holatiga qarab parvarishda alohida yondashishga va tavsiyalar berishga yordam beradi.

    Tashrifning keying manzillari viloyatning Toʻraqoʻrgʻon, Namangan, Kosonsoy va Chortoq tumanlari boʻldi. Bu safargi uchrashuvda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurrazoqov ham ishtirok etdi va shaxsan Xitoy chigiti ekilgan gʻoʻza dalasini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, boshqa fermer xoʻjaliklaridagi paxtalarini parvarish qilish borasida ham tegishli tavsiyalar berildi.

    Shuni takidlash joizki, “Xin Lu Zao 78” Xitoy chigitidan nafaqat plyonka osti tomchilab sugʻorish texnologiyasi orqali yaxshi natija olish mumkin, balki anʼanaviy usulda ekilgan dalalarda ham fermerlar yaxshi natijalarga erishmoqda. Nav yaxshi parvarish qilinsa, barcha agrotexnologik amaliyotlar oʻz vaqtida amalga oshirilsa natija ham ijobiy boʻladi. Misol uchun, Namangan viloyati Chortoq tumanida joylashgan “Buvaboy Robaxon Fayzi” fermer xoʻjaligida Xitoy chigiti ekilgan. Bu yerdagi agrotexnologik tadbirlar toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgani bois paxtaning rivojlanishi ijobiy bahoga ega.

Menyu