description

Namangan viloyatida “XinLuZao 78” navli paxta dalalarida amaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi

    Chust, Mingbuloq, Pop va To‘raqo‘rg‘on tumanlarida joylashgan fermer xo‘jaliklarida Xitoylik paxtachilik bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan seminarlarda "XinLuZao 78" navining rivojlanish jarayoni joyida tahlil qilindi.Seminarlar davomida:
🔹 g‘o‘zalarda 15 tagacha shox, 4–5 tadan ko‘sak va 10–15 tadan hosil belgisi shakllangani kuzatildi;
🔹 o‘rgamchikkana va begona o‘tlar xavfiga alohida e’tibor qaratildi;
🔹 g‘o‘za agrotadbirlarini o‘z vaqtida, sifatli bajarish va mavsumdagi har bir kundan unumli foydalanish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berildi.

    Tadbirlarda viloyat Agroxizmatlar markazi direktori O.Karimxo‘jayev, Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, urug‘chilik markazi mutaxassislari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

    Ma’lumot uchun, Namangan viloyatida joriy mavsumda 48 898 gektarda paxta yetishtirilmoqda, shundan 21 000 gektardan ortiq maydonda xorijiy navlar ekilgan.

Menyu