description

Namangan viloyatida yuqori hosildorlikka erishilmoqda 

     Namangan  viloyati  Uchqo‘rg‘on  tumani,  “Baxt  Mash  servis”  MMTPl  hududida  joylashgan  “Azizbobo” fermer  xo‘jaligi  tomonidan 2025-yil paxta hosili uchun 50 gektar maydon ajratilib, bu yerda “Xin Lu Zao 52” navi Shinjon texnologiyasi asosida ekildi.               Ayni kunda dalada terim ishlari faol davom etmoqda. Hosilning sifati va hajmi yuqori bo‘lib, gektaridan o‘rtacha 65 sentner paxta olinmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yutuqqa zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘z vaqtida qo‘llash, sug‘orish va oziqlantirish jarayonlarini  ilmiy  asosda  tashkil  etish  hamda samarali  parvarishlash choralarini tatbiq  etish  orqali  erishildi.

Menyu