description

Namanganda gʻoʻza parvarishi bo‘yicha “Dolzarb 30 kunlik” davom etmoqda

 

Avvalroq Namangan viloyatida gʻoʻza parvarishi bo‘yicha “Dolzarb 30 kunlik” e’lon qilinganini xabar qilgandik.  Viloyatda bugungi kunda parvarish qilinayotgan gʻoʻza maydonlarida barcha agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish, gʻoʻzani oʻz vaqtida sugʻorish, kultivatsiya qilish, koʻsak qurti, oʻrgimchakkana kabi zararkunandalarning koʻpayishiga qarshi biologik usulda kurashishni kengaytirish, hosillarni kasalliklardan asrash va chilpilash ishlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri tashkil etish maqsadida viloyat Agroxizmatlar markazi hamda tuman mutaxassislari tomonidan joylarda tavsiya va maslaxatlar berib borilmoqda.

Jumladan, bugun viloyat Agroxizmatlar markazi direktori O.Karimxodjayev Chust tumanida boʻlib, paxta maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar va xorijiy chigit ekilgan maydonlarning dala chetlariga ekin ekilganligini tekshirdi. Hususan, “Toʻxtaboy Axmedov” va “Moʻnchoqtepa tongi” fermer xoʻjaliklarida oq joʻxori va makka joʻxori ekinlari avvaldan ekib parvarishlanayotgani aytildi. “Chust Abdulla Roʻzimetov” va “Chust Ibroximshox” fermer xoʻjaliklarida esa tashrif payti oq joʻxori ekinlari ekildi.

Xorijiy chigit ekilgan maydonlarning boshqa konturdagi gʻoʻza navlari bilan aralashib, nav va avlod oʻzgarmasligining oldini olish maqsadida dala qirgʻoqlariga makkajoʻxori, oq joʻxori, supurgi hamda boshqa ekinlarni ekish ishlarini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Menyu