description

Navoiyda bugʻdoydan keyin ekilgan paxta pishdi

    Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Navoiy ilmiy tajriba stansiyasida   2024-yil   oktabr   oyining  birinchi   o‘n  kunligida  bugʻdoyning  “Ultra”  navi  ekilib,   2025-yil  Bu natija stansiya olimlari va  agronomlarining  ilmiy asoslangan parvarish  uslublari, sifatli  urug‘lik  tanlovi hamda  agrotexnik  tadbirlarni  o‘z  vaqtida  amalga oshirilgani bilan  izohlanadi. Oradan  ko‘p  o‘tmay, 2025-yil  19-may  kuni  dalaga  paxtaning  mahalliy  S-01  navi  ekildi.  Bugungi  kunda ushbu  paxta  ekinlari   to‘liq    yetilib,  1  gektardan   40  sentnergacha   hosil   olinishi  kutilmoqda.  Tajriba  stansiyasi   mutaxassislarining  ta’kidlashicha,  bu  natijalar  ilmiy  asoslangan  yondashuv va  yangi agrotexnologiyalarni  amaliyotga  tatbiq  etish  samaradorligini  yana  bir  bor tasdiqlamoqda.

Menyu