description

                                      “OLIMA XOTIN-QIZLARNING QISHLOQ XO‘JALIGI FANI TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI”                                         mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi

    Toshkent shahridagi Shamsan mehmonxonasida “OLIMA XOTIN-QIZLARNING QISHLOQ XO‘JALIGI FANI TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi
    Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi kotibi, Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov ochib berdi. Ayollarning  tashabbuskorligi va  teran   mulohazasini  e'tirof  etib: "Ayollar har jabhada yetakchi. Ayol bir vaqtni o'zida oila, farzand,  ish va ilmni teng olib bora oladi. Buni bizning tizimda faoliyat olib borayotgan siz aziz ayollarimiz misolida bemalol isbotlay olaman. Paxtachilik,  sholichilik,  donchilik,  o'simlikshunoslik   deymizmi   hamma   sohada   ayollarimni  roli  va  o'rni  beqiyos" - deya  olimalarga o'z tabrigini yo'lladi. Shundan so'ng Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Mas'udjon Sattorov, O'zbekiston "Agrar soha ayollari" uyushmasi raisi Adiba Ahmedjanovalar so'zga chiqib, qishloq xo'jaligi ilmidagi ayollarning o'rni haqida nutq so'zladi.
    Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov tomonidan agrar soha ilmida samarali tadqiqot olib borayotgan bir guruh olimalarga tashakkurnoma e'lon qilindi.

Menyu