description

Oqqo‘rg‘on tumanida 2025-yil hosili uchun chigit ekish tadbirlarini o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi 

    Joriy yilning 18-mart kuni Oqqo‘rg‘on tumani Guliston hududidagi “G‘ofurjon Dilnoza” fermer xo‘jaligining 985k-konturidagi 10 gektar maydonida joriy yilning hosili uchun chigit ekish tadbirlarini sifatli o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda Toshkent viloyati hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari X.Qoraboyev, tuman hokimi T.A.Bobolov va qishloq xo‘jaligi tizimida faoliyat olib borayotgan mas’ullar, klaster korxonalarining rahbarlari hamda fermerlar ishtirok etishdi. 
     Seminar davomida 2025-yil hosili uchun jami 7002 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilganligi, joriy yilda 3 ming 400 gektarga Xitoy texnologiyasi asosida chigit ekilishi, shundan 2 ming gektari xorijiy navlar, 1400 gektar mahalliy chigit urug‘i innovatsion texnologiyalar asosida (76x10 sxemada) ekilishi, qolgan 3 ming 602 gektari mahalliy usulda 76 sxemada ekilishi hisob-kitob qilinib, yig’iliganlarga bu texnologiya bo’yicha tushunchalar berildi. Chigit ekishni 1-aprel kuniga qadar yakunlash maqsadida ekishni uyushqoqlik bilan sifatli qilib o‘tkazish va ko‘chatni to‘liq undirib olish bo‘yicha chigit ekish ommaviy ravishda boshlandi.

Menyu