description

Oʻrgimchakkanaga qarshi qanday kurashish mumkin?

    Oʻrgimchakkana keng tarqalgan zararkunanda. U juda mayda boʻgʻinoyoqli jonivorlar namunasi boʻlib, uni oddiy koʻz bilan zoʻrgʻa koʻrish mumkin.

    Oʻrgimchakkana gʻoʻza va koʻpgina qishloq xoʻjalik ekinlarining jiddiy zararkunandasi hisoblanadi. Oʻrgimchakkana asosan barglarning orqa tomoniga joylashib olib oʻsimlikni soʻrib shikast yetkazadi. Bargni juda ingichka kulrang oʻrgimchak iplari bilan oʻragani uchun nomi shunga qarab qoʻyilgan. Oʻrgimchakkananing zararliligi uning gʻoʻzaga tushish muddatiga va oʻsimliklarda qancha turishiga bogʻliq. Qancha barvaqt tushsa, shuncha koʻp zarar yetkazadi. Oʻrgimchakkana qishlovdan juda barvaqt, oʻrtacha sutkalik harorat 7,3°C dan oshganda chiqadi.

    Oʻrgimchakkana paxta hosilining yarimidan koʻproq qismini nobud qilib qoʻyishi mumkin. Odatdagi yillarda oʻrgimchakkana yalpi paxta hosilining 6–10 % ni, baʼzi yillarda esa hatto 50-60 % ni nobud qiladi. Ho’sh, unga qarshi qanday kurash choralari mavjud?

Oʻrgimchakkananing koʻpayishini oldini olishda birinchi navbatda quyidagi oldini olish chora-tadbirlarini oʻtkazish lozim:
oʻrgimchakkana tarqalgan maydonlarga qizil bayroqcha oʻrnatib belgi qoʻyiladi. Ishlov oʻtkazilib, zararkunandadan tozalanganidan keyin oq bayroqcha oʻrnatiladi;
dala chetlaridagi daraxtlar, ayniqsa tut daraxtlari kasal, qurigan va bachki novdalardan tozalanib, ular zararkunandalardan tozalanishi lozim;
dala chetlari, uvatlar va ariq-zovurlardagi begona oʻtlar yoʻqotilib, iso qaynatmasi bilan ishlov berish tavsiya etiladi.

Menyu