O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi kotibi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Sh.Otajonov rahbarligida Paxtachilik kengashining "Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, paxta-to‘qimachilik klasterlari va urug‘chilik korxonalarining 2025-yil hosili uchun xorijiy g‘o‘za navlari urug‘larining importi bo‘yicha tashkiliy masalalar" yuzasidan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda xorijiy paxta navlaridan jamg‘arilgan 17,5 ming tonna urug‘lik paxta xomashyosidan urug‘liklar tayyorlash masalasi muhokama qilindi. Bunda, avvalo, sifatli qayta ishlashni tashkil etilib, markazlashgan holda Buxoro, Namangan, Toshkent va Jizzax viloyatlarida lazerli fotoseparator yordamida urug‘liklar saralanadi. Shuningdek, urug‘ning unuvchanligini oshirish maqsadida mikrobiologik preparatlar ham parallel ravishda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, nav tozaligini baholash uchun xorijdan keltirilgan urug‘lar zamonaviy laboratoriyalarda molekulyar-genetik jihatdan tahlil qilinadi.
Joriy yilda respublikada 878 ming gektar yerga paxta ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan:
“Bu jarayonda Paxtachilik kengashi a’zolarining asosiy vazifasi har bir navga hos bo‘lgan agrotexnologiyani ishlab chiqib, uni joylardagi seminar va treninglarda tushuntirishlar orqali amaliyotga joriy qilinishini ta’minlash, "O‘zagroinspeksiya" mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etishdagi xatoliklarni aniqlash, bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam berish va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tezkor choralar ko‘rishdan iborat”, - deydi Sh.Otajonov.