description

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida" gi qarori boʻyicha targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda

    Xorijiy g'o'za navlarini ekish bo'yicha o'quv seminarlari Respublikamizning barcha hududlarida paxtachilik sohasining yetakchi olimlari, O'zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi a'zolari va Respublika agroxizmatlar markazi mutaxassislari ishtirokida bo'lib o'tmoqda. Hususan, bugun bu kabi seminar va treninglar Andijon, Farg'ona, Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlarida ham tashkil etildi.

    Namanagan viloyati Uchqo'rg'on  tumani  "Baxt Mash servis" MMTP hududida o'tkazilgan seminarda tuman hokimi, sektor rahbarlari, Agroxizmatlar markazi mutaxassislari hamda hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda 2025-yilda xorijiy paxta navlari, hususan, ko'sak qurti va gerbitsidga chidamli bo‘lgan “Xin Lu Zao 78” navining xususiyatlari va afzalliklari, shuningdek ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llagan holda hosildorlikni oshirish masalasida kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 

Hududlardagi seminarlar davom etadi.
Havola: https://t.me/Paxtachilik_kengashi/1652

Menyu