description

Paxta – asrlar osha insoniyat hamrohi

    Paxta dunyodagi eng ko'p ishlatiladigan tabiiy tolalardan biri bo'lib, u nafaqat to’qimachilik sanoati, balki boshqa sohalarda ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu o'simlik boy tarixga ham ega. Qadimgi sivilizatsiyalardan tortib zamonaviy sanoatgacha, paxta iqtisodiyot va madaniyatlarni rivojlantirishda muhim rol o'ynagan. 

    Paxtaning yumshoqlik, havo o’tkazish va allergiya qo’zg’atmaslik kabi  hususiyatlari uni to'qimachilik sohasida har jixatdan afzal matoga aylantirgan. Shu bilan birga, global miqyosda uning iqtisodiy ahamiyati ham katta.    

    Paxta 8 ming yildan ortiq tarixga ega. Arxeologik dalillar shuni ko'rsatadiki, qadimgi Peru va Hind vodiysi sivilizatsiyalari davri - miloddan avvalgi 6-ming yillikda ham paxtadan foydalanilgan. Paxta uchun eng ideal hudud - tropik va subtropik iqlimga ega joylardir. Paxta dunyoning ko'plab mamlakatlarida yetishtiriladi. Hindiston, Xitoy va AQSh esa eng yirik ishlab chiqaruvchilardir. U ko'plab mamlakatlar iqtisodiyotida muhim rol o'ynaydi va to'qimachilik sanoati uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi.

Paxta global miqyosda eng asosiy beshta yengil sanoat tovarlardan biridir. Bular: 

Qahva
Paxta
Kakao
Shakar
Apelsin sharbati

    Bugungi kunda zamonaviy dehqonchilik texnikalari va “Better Cotton Initiative” (BCI) kabi tashabbuslar paxta ishlab chiqarish sanoatining atrof-muhitga ta'sirini kamaytirish va barqaror amaliyotlarni targ'ib qilmoqda. BCI fermerlar bilan suvdan samarali foydalanish, pestitsidlarni kamaytirish va tuproq sifatini yaxshilash ustida faoliyat olib boradi. BCI tashabbuslarini amaliyotga joriy qilish orqali fermerlar paxta yetishtirish jarayonining atrof-muhit hamda bu sanoatda ishlovchi insonlar samolatligiga salbiy ta’sirini kamaytirishi mumkin.

Menyu