description

Paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlar o‘rganildi

     Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatish markazi bosh mutaxassisi B. Abdupattayev va viloyat qishloq xo'jaligi boshqarmasi xodimlari iyul oyida "Bobur Pashthakor", "Muxamadrusul Qudrat" va "Q. Ibaeva"  fermer xo'jaliklarida olib boriladigan agrotexnik tadbirlar holatini o'rganishdi.                                                                                                                                                  Ochiq va plyonka osti maydonlarda ekilgan xorijiy g‘o‘za navlarini zararkunandalardan himoya qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ularning  ko‘payishi  kuzatilgan  holatlarda, g‘o‘za  qandalasiga  qarshi  atsetramitrid + ljamdatsigalotrin  tarkibiga  ega  vositalardan har  bir  avlodga  almashlab  foydalanish  tavsiya  etildi.  Shuningdek,  chilpish   tadbirlarini   jadallashtirish,  1 gektar   yerga  200 kg   fosforli,  100 kg  kaliyli   o‘g‘itlar,  shuningdek 120 g  “Sojean”  preparatini  berish   bo‘yicha  fermerlarga  zaruriy  tushunchalar va  tavsiyalar  yetkazildi.

Menyu