description

Paxta — oddiy ekin emas, global iqtisodiyotning “Oq' oltini”!

     Har yili dunyoda 25 million tonnadan ortiq paxta yetishtiriladi. Bu esa global miqyosda 100 milliondan ortiq odamning turmush tarzini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minlab turadi. O‘zbekiston esa tarixan paxtachilikda yetakchi davlatlardan biri bo‘lib kelmoqda. Biroq zamonaviy paxtachilik — bu shunchaki ekish va terish emas, balki murakkab agrotexnik jarayonlar tizimidir. Misol uchun, paxta gullaganidan boshlab har bir kun ahamiyatli.                                                                                                                                                                                                    Masalan:
- tuproqdagi harorat pasayib yoki ko‘tarilib ketishi paxta hosiliga bevosita ta’sir qiladi;
- +30–35°C haroratda paxtaning vegetatsiyasi tezlashadi, ammo haddan ortiq issiqlik o‘simlikni “stress”ga soladi;
-  zararkunandalar (masalan, shira, trips, g’o’za qurti) shu pallada ayniqsa faol bo‘ladi.
                                                                                            Shu sababli, paxta maydonlarida:
🔹 biologik kurash vositalarini qo‘llash (trixogramma, oltinko‘z, fermentli tuzoqlar),
🔹 barg orqali oziqlantirish,
🔹 tuproq namligini saqlash,
🔹 zararkunandalarga qarshi integratsiyalashgan himoya choralarini joriy etish — hosildorlik va sifatning kafolatidir.                                             Bitta  oddiy  trixogramma  hasharoti — minglab  zararli   hasharot  tuxumlarini   yemiradi.  Bu  esa  kimyoviy  zaharlarni   kamaytirib,  ekologik  xavfsiz   hosil  yetishtirishga  xizmat  qiladi.  Birgina   xato —  o‘nlab  sentner  hosil   yo‘qolishiga  sabab  bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri  agrotexnika  esa  har  gektardan  o‘rtacha  5–7  sentner qo‘shimcha hosil beradi.

Menyu