description

Paxta yetishtirishda ilmiy yondashuv va horijiy tajriba – yuqori hosil garovi

    Bgungi kunda “1-Agrobereke” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan xorijiy  “Xin Lu Zhoang-52” navi Jizzax viloyati Arnasoy tumanida ham parvarishlanmoqda. Shu bois, "Agrobereke" MCHJ tomonidan taklif etilgan xitoylik mutaxassislar janob Hu Yingguang va Zhang Honglar Xitoy texnalogiyalari asosida tumanning  Y.Zoxidov SIU hududidagi “Davon sari” va “Apalon as agro” dala maydonlarida yetishtirilayotgan paxta dalasida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi.

    Ayni vaqtda tumanda 985 gektar maydonda gʻoʻzaning xorijiy  “Xin Lu Zhoang-52”navi parvarish qilib kelinmoqda. Mutaxassislar tomonidan gʻoʻza parvarishiga ilmiy yondashuv, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri tashkil etish har bir gektardan oʻrtacha 60-65 sentner hosil olishda muhim omil boʻlishi taʼkidlandi.

    Ma'lumot uchun, ushbu nav "Long Ping" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Bu navning vegetatsiya davri 120 125 kun bo'lib, 1 dona paxtaning og'irligi 5 6 gram, tola chiqimi 44%, tola uzunligi 30.43 mm, mikroneri 4.4. 

    Bu nav sho‘rlanish va qurg'oqchilikga chidamli. O‘rtacha xosildorlik 1 gektar maydonda 6-7 tonani tashkil etib, Xitoyda ekish davri 5-25-aprel, O‘zbekistonda esa 1-15-aprel kunlariga to'g'ri keladi. 1 gektar maydonda ko‘chatlar soni 150 000-180 000 donani tashkil qiladi.  O‘simlik balandligini 90-110 sm oralig‘ida nazorat qilish tafsiya etiladi. Bu nav o‘rtacha sho‘rlangan yerlarda yaxshi o'sadi va Fuzarioz hamda Vertitsilosga chidamli ekani bilan alohida ahamiyata ega. “Xin Lu Zhoang-52” navi gibrid bo‘lgani uchun u kuchli o‘sish imkoniyatiga va ega mahalliy navlarga qaraganda ko‘proq suv va og‘it talab qiladi.

Menyu