description

       Paxtachilik kengashi kotibi Sh.Otajonov hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi departament rahbari A.Ergashev Sirdaryo viloyatidagi paxta maydonlariga tashrif buyurishdi

     Paxtachilik kengashi kotibi Sh.Otajonov hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi departament rahbari A.Ergashev Sirdaryo viloyatidagi paxta maydonlariga tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida:
🟢 “Sirdaryo Jingu” Xitoy qo‘shma korxonasiga qarashli paxta dalasi;
🟢 Xin Lu Zao 87 navi ekilgan 2 ta maydon ko‘zdan kechirildi.

     Tashrif davomida terimga tayyorgarlik, mexanizatsiya va logistika masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, hosil sifatini saqlash, yig‘im-terimni o‘z vaqtida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

     Sirdaryo  viloyatida  “Agro  Seed  Product”  MCHJ  tomonidan  Xitoydan  olib  kelingan  Xin  Lu  Zao 87 va Xin Lu Zao 41 g‘o‘za navlari  8 ta hududdagi 446 ta xo‘jalik tomonidan jami 16,2 ming gektar maydonda ekilib parvarishlanmoqda. Olim va mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, bu maydonlardan gektaridan o‘rtacha 55 sentner hosil olinishi kutilmoqda.

Menyu