Paxtachilik kengashi kotibi Sh.Otajonov Namangan viloyatida bo'ldi
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktor, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi paxtachilik kengashi kotibi Sh.Otajonov ayni paytda Namangan viloyatida bo'di. Tashrif davomida viloyatning Pop, Kosonsoy va Mingbuloq tumanlarida Genetik jihatdan oʻzgartirilgan (Bt) gʻoʻza navlarini yetishtirish, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini boshqarish hamda yuqori samarador mahalliy intensiv agrotexnologiyani joriy etish mavzusida fermer xo'jaliklari vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda Paxtachilik kengashining hududiy ishchi guruhi a'zolari, Namangan viloyati agroxizmatlar markazi va viloyatdagi tizim tashkilotlari rahbar va mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Bt–g‘o‘za navi – genetik jihatdan o‘zgartirish jarayonida o‘simlik irsiy apparatiga hasharot va zararkunandalar uchun zararli bo‘lgan oqsillarni sintezlovchi Cry genlari hamda gliofasat gerbidsidiga chidamli genlar kiritilgan g‘o‘za navi. Ko‘sak qurtiga chidamlilik o‘simlikka Bacillus thuringiensis (Bt) tuproq bakteriyasining genetik materialini o‘tkazish orqali erishiladi. Genetik material o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan, ya’ni hasharot va zararkunandalariga toksik ta’sir ko‘rsatadigan, biroq sutemizuvchilar va maqsadli bo‘lmagan organizmlarga zararli ta’sir qilmaydigan oqsillarni kodlaydi. Jahonda BT texnologiyasiga o'tish 1996-yilda boshlangan, bu texnologiya patentlanganligi sabab, uni shu vaqtgacha mamlakatimizda joriy qilish mumkin bo'lmagan, bizga bu texnologiya xorij seleksiyasi bilan kirib kelgan.
Sh.Otajonov boshchiligidagi mutaxassislar Namangan viloyatining Namangan tumanidagi "Toshbuloq teks" MCHJ qo'shshma korxonasida urug'lik sexida paxta chigiti urug'lari tayyorlanish jarayonini ham ko'zdan kechirildi.
Bu yil sohada paxtachilik sanoatini yanada rivojlantirish, “BT” genini mahalliy navlarga qo’llash, bu orqali mahalliy go’za navlarining stress omillarga chidamliligini oshirish va ko’sak qurtidan hosilni himoya qilish maqsad qilib olingan.