description

Paxtachilik kengashi tomonidan monitoring o‘tkazildi

    Xorazm viloyati, Xiva tumani Irdimzon hududida joylashgan “Raximbergen Xo‘ji Anbar” fermer xo‘jaligida Paxtachilik kengashi kotibi Shuhrat Otajonov tomonidan navbatdagi dala monitoringi o‘tkazildi. 7,6 gektar maydonda xorijiy nav — Xin Lu Zao-78 paxtasi parvarish qilinmoqda. Shuningdek, 0,3 gektar maydonda “Xorazm-127” navli paxta (“Boshpana”) sharoitida ekilgan.

    Mazkur tashrif davomida hududdagi paxtachilik jarayonlari, agrotexnik tadbirlar va hosil holati ko‘zdan kechirildi. Monitoring yakunida fermerga sifatli agrotexnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Menyu