Paxtachilik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda xorijdan keltirilgan goʻza nav va duragaylari boʻyicha oʻtkazilgan molekulyar-genetik taxlillar natijalari toʻgʻrisida Paxtachilik kengashi a’zosi, Fanlar akademiyasi Genomika bioinformatika markazi direktori Z.Buriyevning axboroti, gʻoʻzani parvarishlashning hozirgi bosqichida amalga oshirilishi zarur boʻlgan agrotexnik tadbirlar va ilmiy yondashuvlar toʻgʻrisida ishchi guruh rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Shuningdek, paxtachilik kengashining viloyatlarga biriktirilgan a’zolari faoliyatining samaradorligi masalasi koʻrib chiqildi.
Xorijdan keltirilgan go‘za nav va duragaylari bo‘yicha o‘tkazilgan molekulyar-genetik taxlillar natijasiga bo‘yicha axborot tinglanganidan so‘ng kengash a’zolarining fikrlari tinglandi.
Tasdiqlangan nav joylashtirish rejasining amaldagi ijrosi qiyosiy tahlili o‘tkazilib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, yechimlar va aniq amaliy natijasi, tindirilgan urugʻ ekish natijalari, nav urugʻini almashlab ekish holati bo‘yicha ishchi guruh rahbarlarining xisobotlari eshitildi.
“Paxtachilik kengashi faoliyati ilmiy asosda tashkil etilganligi bois qator muammolar, hususan, paxta urug‘chiligi tizimi, tuproq tahlili, sug‘orish tizimidagi muammolar bartaraf etildi. Nav va urug‘likni almashtirish, tindirib ekish borasida berilgan yangi ilmiy asosolangan mexanizmlar joriy etilishi natijasida paxtachilik tizimi tubdan isloh qilindi. Natijada, tizimda ijobiy o‘sish kuzatilyapti. Ammo shunga qaramasdan, qator kamchiliklar ham mavjud va buni tizimli ravishda, ilmiy yondashuvlar asosida hal qilish kerak. Kengashning asosiy vazifasi ilmiy yondashuv bilan aniq yechimlar taklif qilishdir. Bu unumdorlik, tannarxning kamayishi, hosildorlikning oshirishga xizmat qilishi lozim”, - deydi Paxtachilik kengashi kotibi Sh.Otajonov.
Yigʻilishda hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan tezkor choralar koʻrib chiqildi.
Shundan soʻng Paxtachilik kengashiga kelib tushgan ilmiy loyihalar muhokamasi bo’lib o’tdi. Taqdimotlardan so‘ng kengash a’zolari bilan muhokamalar bo‘lib o‘tdi hamda ekspertlar tomonidan zarur tavsiya va takliflar berildi.