description

Paxtachilik sohasida Oʻzbekiston-Xitoy hamkorligi mustahkamlanmoqda

    2025- yilda "1-Agrobereke" MCHJ tomonidan urugʻni qayta ishlash zavodi tashkil etilishi reja qilingan. Shu bois, "Agrobereke" MCHJ vakillari boshchiligidagi Qishloq xo'jaligi vazirligi va Respublika agroxizmatlar markazi xodimlari, Respublika Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boʻlim boshligʻi, Andijon viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, "Madonis" xususiy urugʻchilik kompaniyasi rahbari va sohada faoliyat olib borayotgan bir qator mutaxassislar Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon provinsiyasida boʻlib turibdi. Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad, paxtachilik bo'yicha ilg'or tajribalarni o'rganish, malaka oshirish va kelgusida yurtimizda yuqori hosildorlikka yoʻnaltirilgan agrotexnologiyalarni joriy etishdan iborat. Delegatsiyaning ilk manzili Korla shahrida joylashgan "Xinjiang Huimin General Industry" urug' tayyorlash korxonasi bo'ldi.

 

Menyu