description

 

Paxtachilikda erishilgan natijalar

So‘nggi 5 yilda Milliy markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti va uning uning tizimidagi ITS lar qoshida 16 ta dastlabki urug‘chilik xo‘jaliklari tashkil etildi. G‘o‘zaning o‘rta tolali 58 ta ingichka tolali 6 ta navning birlamchi urug‘chiligi tashkil etilgan. 31 ta navga patent 10 ta navga guvohnomalar olindi. G‘o‘zaning yangi 20 ta navi davlat nav sinoviga topshirildi.

2024-yilda Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash Markazining taqdimotnomasi asosida 33 ta nav urug‘liklari nav sinash uchastkalariga sinash uchun yetkazib berildi. Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan g‘o‘zaning “Mang‘it-1” navi 2024-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha rayonlashtirildi.

 “O‘zPITI-203” navi Andijon viloyati bo‘yicha,

 “SP-41” navi Xorazm viloyati bo‘yicha,

“S-8296” navi Farg‘ona viloyati bo‘yicha,

 “S-7306” navi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha,

“Sharofat” navi Navoiy viloyati bo‘yicha istiqbolli deb topildi.

Batafsil: https://t.me/Paxtachilik_kengashi/1568

Menyu