“Paxtachilikda joriy etilgan yangi agrotexnologiyalar samarasi va xorijiy g‘o‘za navlarining hosildorlik ko‘rsatkichlari” mavzusidagi press-tur tashkil etildi
“Paxtachilikda joriy etilgan yangi agrotexnologiyalar samarasi va xorijiy g‘o‘za navlarining hosildorlik ko‘rsatkichlari” mavzusidagi press-tur doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti mutaxassislari tomonidan OAV vakillari va soha ekspertlariga uchuvchisiz uchish apparatlari — dronlar yordamida paxta dalalarida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish jarayonlari namoyish etilmoqda. Shu bilan birga, “Bashiran” paxta terish mashinalari yordamida terim ishlari ham tashkil etilib, press-tur ishtirokchilari mexanizatsiyalashgan terim jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar. Mazkur zamonaviy texnologiyalar dalalarda o‘simliklar holatini tezkor monitoring qilish, suv va o‘g‘itlardan samarali foydalanish, hamda hosildorlikni oshirishga xizmat qiluvchi raqamli yechimlarni joriy etish imkonini bermoqda.





