Paxtachilikda yangi samarador agrotexnologiya: 8 ta fakt
Ma’lumki, joriy 2024-yildan boshlab tajriba-sinov tariqasida yuqori hosildor xorijiy g‘o‘za navlari va duragaylari olib kelinib, paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi paxta ekiladigan maydonlariga joylashtirish choralari ko‘rildi. Turkiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Tojikiston, Hindiston kabi davlatlardan yuqori hosildor, kasallik va zararkunandalarga bardoshli, tola sifati yuqori g‘o‘za navlarining urug‘lari olib kelinib, respublika bo‘yicha jami 94 ming gektar maydonlarga belgilangan tartiblarga ko‘ra himoyalangan tartibda ekilib, parvarishlanmoqda.
Paxtachilik kengashining kuzatuvlari davomida xorijiy g‘o‘za navlari urug‘lari unib chiqish darajasi 99% dan yuqori ekanligi, unib chiqishi mahalliy navlarga nisbatan 3-4 kun oldin bo‘lganligi kuzatildi. Xorijiy g‘o‘za nav va duragaylarini parvarishlashda chigit ekishdan oldin begona o‘tlarga qarshi gerbisidlar qo‘llanilishi natijasida 2 marta chopiq qilish hamda ishchi kuchi sarfini 35-40% gacha qisqarishiga erishiladi.
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Baxtiyor, Ne’matjon, Shavkatjon” fermer xo‘jaligida Xitoydan keltirib ekilgan g‘o‘za navlarining agrotexnikasidagi o‘ziga xos jihatlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan dala seminarida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Xitoydan olib kelingan g‘o‘za navlarining 8 ta o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ishtirokchilarga qiziqarli ma’lumot berdi. Tahlillarga ko‘ra, yangi joriy etilayotgan agrotexnologiyani qo‘llashda 1 gektar maydonni hisobga olgan holda quyidagi samaradorlikka erishiladi:
Pirovard natijada, 1 gektardan o‘rtacha 50,0 mln so‘mgacha qo‘shimcha daromad olishga erishiladi.