description

Payariq tumanida muhim uchrashuv

    Samarqand viloyati Payariq tumani hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF–109-sonli Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazildi. Seminar Samarqand viloyati Agroхizmatlar markazi, Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashi va Payariq tuman hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

    Seminarda  tuman  fermer  xo‘jaliklari  rahbarlariga   mazkur   Farmonning   asosiy jihatlari, urug‘chilik  tizimidagi  yangi  yondashuvlar va amaliy o‘zgarishlar haqida batafsil tushunchalar berildi. Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berilib, urug‘chilik tizimini takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Menyu