description

Payariqda gʻoʻza navlarida agrotexnologiyalar boʻyicha dala seminari oʻtkazildi

     Samarqand viloyati Payariq tumanidagi “Nurjaxongir agro” fermer xoʻjaligida xorijiy va mahalliy chigit ekilgan maydonlarda gʻoʻza parvarishining ilgʻor agrotexnologiyalariga bagʻishlangan ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. 5,2 gektar maydonda S-8286 navi 76/10 sxemada ekilgan boʻlib, zarur o‘g‘itlar va himoya choralari belgilangan meʼyorda qo‘llanilgan.                                                                                  Mutaxassislar tomonidan:
🔘zararkunandalarga qarshi biologik va kimyoviy himoya;
🔘maqbul sug‘orish me’yorlari;
🔘o‘g‘itlash tartibi;
🔘o‘sishni boshqarish texnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

🔹 Oltinkoʻz, trixogramma va brakon entomofaglarini qoʻllash;
🔹 feromon tutqichlar yordamida kuzatuv;
🔹 shira, trips, qandala, o‘rgimchakkanaga qarshi zamonaviy vositalarni navbatma-navbat ishlatish;
🔹 kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.  
                                                                                                                         Viloyat Agroxizmatlar markazi direktori A.Narbayev seminar yakunida agrotexnik tadbirlarni ilmiy yondashuv asosida bajarish, Paxtachilik  kengashining  2025-yil  13-martdagi  10-son bayoniga ilova etilgan uslubiy qoʻllanmani toʻliq oʻrganish zarurligini ta’kidladi.             Seminar  yakunida  ishtirokchilar  savol-javoblar  orqali  o‘zlarini  qiziqtirgan  savollarga  javob  olishdi.

Menyu