Piskent tumanida xorijiy g‘o‘za navlarini ekish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Piskent tumanida “Xorijiy va mahalliy g‘o‘za navlarini Xitoy texnologiyasi asosida ekiladigan paxta maydonlarida g‘o‘zadan gektariga 50 sentner va undan yuqori paxta hosili olish yuzasidan yuqori samarador intensiv agrotexnologiya asosida amalga oshirish” boʻyicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman hokimi Muzaffar Aripov, Respublika agroxizmatlar markazi bo‘lim boshlig‘i, Toshkent viloyati paxtachilik kengashi rahbari o‘rinbosari Sunnatilla Isoqulov, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Oqqo‘rg‘on ilmiy-tajriba stansiyasi direktori G‘iyos Abduvohidov hamda direktor o‘rinbosari Dilmurod Mavlyanov, qishloq xoʻjaligi tizim tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etishdi.
Mutaxassislar Xitoy tajribasi asosida ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llagan holda hosildorlikni oshirish, ekish uchun talab etiladigan 76 sm va 76×10 sm sxemalarga moslashgan seyalkalarni olib kelish, 76×10 sm sxemada qo‘shqator usulida plyonka ostiga tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan holda ekish, kultivator va boshqa texnikalarni ushbu sxemalarga moslash va vegetatsiya davrida bajarilashi lozim bo‘lgan tadbirlar bo‘yicha chora-tadbirlar tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Yakunda yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ilmiy asoslangan javoblar olishdi.