Poplik dehqonlar yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi
Namangan viloyati, Pop tumani, "Sirdaryo" MMTP hududidagi "Roxatali Toshmatov" fermer xo‘jaligida 2025-yil hosili uchun yer tayyorlandi. Bugun, 2025-yil 11-mart kuni, plenka ostiga Xitoydan keltirilgan “Xin Lu Zhong-52” navli paxtani ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Pop tumani maslahatchisi T. Mamarasulov ushbu navni parvarish qilish bo’yicha fermer xo‘jaligi rahbariga qo‘shimcha tavsiyalar berdi. Xususan, ushbu navni muvaffaqiyatli yetishtirish uchun quyidagi agrotexnik tadbirlarga e'tibor qaratish lozim:
mineral o'g'itlar. G'o'zaning rivojlanishining dastlabki fazalarida yetarli miqdorda mineral o'g'itlar berish;
sug'orish. G'o'zani chanqatmaslik, sug'orishni sharbat usulida olib borish;
o'sishni boshqarish. "Sojen" preparatini qo'llash orqali g'o'zaning o'sishini boshqarish;
barg orqali oziqlantirish. Tarkibida fosfor va kaliy hamda mikroelementlarga boy kompleks mineral o'g'itlar bilan barg orqali oziqlantirish.
“Xin Lu Zhong-52” Xitoyda yaratilgan yuqori hosilli va ertapishar paxta navi bo’lib,
1️⃣tolasi o‘rtacha uzunlik va yuqori sifatga ega;
2️⃣kasalliklarga chidamli;
3️⃣yuqori hosildorlik va tez pishish xususiyatlariga ega.