description

Qashqadaryoda ekilgan XinLuZao-78 navi parvarishlanayotgan hududda xitoylik mutaxassislar ishtirokida dala o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi

        Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Mirishkor hududidagi "SHOMATOV ERNAZAR" fermer xo‘jaligi dalasida 17gektar maydonga Xitoydan keltirilgan XinLuZao-78 navli g‘o‘za ekilgan bo‘lib, joriy yilning 22-iyul kuni shu yerda Qashqadaryo viloyati Agroxizmatlar markazi tomonidan dala o‘quv-seminari o‘tkazildi. Unda xitoylik janob Yu Jen Biao boshchiligidagi mutaxassilar, tuman аgromaslaxatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi paxtachilik kengashi Qashqadaryo viloyati ishchi guruhi rahbari va a’zolari, Mirishkor, Muborak, Kasbi, Koson, Nishon hamda Qarshi tumanlaridagi sohaga oid tashkilotlar va fermer xp‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi. Seminar ishtirokchilariga maslahat va tavsiyalar berilib, o‘zaro savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Menyu