description

Qashqadaryoda xorijiy paxta va g‘alla navlari yangicha texnologiya asosida yetishtirilmoqda

    Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga qarashli qo‘shimcha 5,5 gektarlik tajriba maydonlarini ham ko‘zdan kechirdi. Ushbu hududda xorijiy paxta va g‘alla navlari tajriba tariqasida, yangicha yondashuvlar asosida yetishtirilmoqda. Aytilishicha, har bir gektarga 240 ming ko‘chat ekilgan bo‘lib, zamonaviy agrotexnik usullar, jumladan, plyonka ostiga ekish va tomchilatib sug‘orish texnologiyalari muvaffaqiyatli joriy etilgan. Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, bu yondashuv paxtachilikda hosildorlikni oshirish va suv resurslaridan samarali foydalanish uchun muhim ahamiyatga ega. Xususan, tuproq namligini maksimal darajada saqlash va ozuqa elementlarining ildizlarga to‘liq yetkazilishi uchun plyonka ostiga ekish texnologiyasi ishlatilmoqda. 

    Tomchilatib sug‘orish esa suvni tejamkorlik bilan sarflash, hosilni kasalliklardan himoyalash va tuproq unumdorligini saqlashda muhim omil hisoblanadi. Shu o‘rinda, aytish lozim hududda ekilgan paxtaning xorijiy "Xin Lu Zhong-57" navi sug‘orish jarayonida diqqatliroq bo‘lishni talab etadi. Shuningdek, maydonlarda navlarni turli tashqi omillardan himoyalash maqsadida maxsus xo‘rak maydonlari tashkil etilgan. Bu maydonlarda makkajo‘xori va oqjo‘xori yetishtirilayotgani ma’lum qilindi. Tabiiyki, bu yondashuv ekinlarning yaxshi rivojlanishi va ularning tashqi ta’sirlarga bardoshliligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

    Qayt etish lozim, mazkur tajriba yerlarida tatbiq etilayotgan ekin yetishtirishning eng zamonaviy usullari samaradorlik ijobiy ta’sir etmoqda. Natijadorlik esa, ko‘zni quvontirar darajaga yetgan. Vazir olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni munosib baholab, xorijiy navlarini yangicha texnologiya asosida yetishtirishning Qashqadaryo tajribasini boshqa hududlarda ham sifatli joriy etish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi. Shu bilan birga, u mas’ullarga unumdorlikni oshirish, ishni tizimli olib borishga doir tegishli topshiriqlar berdi.

Menyu