Qishloq xo‘jaligi ilmida “STEM” dasturi va “HECI” global maqsadining ahamiyati
Taʼlim tizimida “STEM” (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – texnik ijodkorlik, Mathematics – matematika) dasturini yaqin istiqbolda bosqichma-bosqich joriy etish asosida “HECI” (Humanity – insonparvarlik, Ethics – etika, Creativity – kreativlik, Imagination – tasavvur) global maqsadi (chaqirigʻi) kabi kelgusi oʻn yillik uchun yangi davlat talablari va taʼlim standartlarining na'munaviy modellarini ishlab chiqish bugun barcha sohalar oldiga qo'yilgan muhim vazifalardan biri bo'lib turibdi. Boisi, insonparvarlik, etika, kreativlik va tasavvurga asoslangan yondashuvlar tizimda salmoqli o'zgarishlarga olib keladi.
Keyingi 10 yillikda raqamlashtirish, dekarbonizatsiya va reformatsiya uchligi kelajak uchun “chipta” boʻlib, katta hajmli maʼlumotlar, bulutli texnologiyalar, internet buyumlari va genom texnologiyalari jadal oʻsadi. Natijada raqamlashtirish va sunʼiy intellekt tarmoq va sohalar boshqaruviga keng kirib borishi tufayli koʻplab kasblar, raqamlashtirilgan tizimlar tufayli insoniyat oʻz ishchi oʻrinlarini yoʻqotib boradi. Shu bois, hukumatlar hozirdan taʼlim tizimida kompyuter texnikalari hamda robot mashinalar bajara olmaydigan ishchi oʻrinlari yaratib borishi va yaqin kelajakda fuqarolarda bu koʻnikmalarni singdirishga qaratilgan yangi taʼlim dasturlari ustida ishlashi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu masala bevosita qishloq xo'jaligi sohasi va ilmida ham dolzarb ahamiyatga ega bo'lib, sohadagi olim va izlanuvchilarning doimiy izlanishlarida “STEM” dasturi va “HECI” global maqsadining elementlari muhim o‘rin tutadi. Bu haqda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Sh.Otajonovning "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" jurnalida chop etilgan ilmiy maqolasida batafsil fikr yuritilgan bo'lib, uni o'qib chiqishingizni maslahat beramiz
Quyidagi havola orqali ushbu maqola chop etilgan jurnalning elektron shakli va sizga qulaylik yaratish maqsadida tayyorlangan audio formatini tinglashingiz mumkin: https://t.me/Paxtachilik_kengashi/347