description

Qishloq xo'jaligida suv isrofgarchiligi va uning oldini olish

    Bugungi kunda suv resurslaridan oqilona foydalanish davr talabi bo‘lib turibdi. Bilamizki, iqtisodiyot tarmoqlarida suv resurslarining qariyb 90%-i qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishga sarflanadi. Ana shunday vaqtda suv va suv resurslaridan foydalanishda resurstejamkor texnologiyalardan foydalanish katta ahamiyatga ega.

Suv isrofgarchiligiga olib keluvchi bir nechta omillar:
– Ekin maydonlarini ko‘llatib sug‘orish;
– Suvni zovurga tashlash holatlari;
– Tungi sug‘orish ishlari tashkil etilmasligi;
– Suvdan xo‘jasizlarcha foydalanish kiradi.

Sug‘orish tarmog‘idagi suv isrofi oqibatlari esa quyidagilardan iborat:
– suv manbasining sug‘orishlik qobiliyatini kamaytiradi;
– sug‘orish tarmog‘i ko‘ndalang kesimi o‘lchamlarining katta bo‘lishiga olib keladi;
– sug‘orish maydonlari gidrogeologik shart-sharoitlarining yomon tomonga o‘zgarishi;
– maydonlarining botqoqlanishi va sho‘rlanishi.

Isrofgarchilikni oldini olish uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish tizimlarida quyidagi tadbirlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda tadbirlar 2 ga bo‘linadi: Texnik va ekspluatatsion.

1) Texnik tadbirlar:

– Qurilish tadbirlari - o‘zanni maxsus qoplamalar bilan qoplash: beton, temir beton, asfalt beton, plyonka.

– Mexanik tadbirlar - o‘zanini shibbalash, davriy ishlaydigan kanallarini kultivatsiyalash va kolmatatsiya (sun’iy loyqa cho‘ktirish).

– Kimyoviy tadbirlar - o‘zanni tuzlash, gillash, neftlash, bitumlash, silikatlash, bentonitli loy.

2) Ekspluatatsion tadbirlar: sug‘orish suvidan rejali foydalanish, sug‘orish tarmoqlari uzunligini qisqartirish, sug‘orishda navbat bilan foydalanish, sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash kiradi.

Qishloq xo'jaligi tizimida yetishtirilib kelinayotgan turli tuman o'simlik hamda ekinlarni yetishtirib, ulardan katta hosil olishda suvni ekin turiga moslab meyorida berish, isrof qilib, bo'ktirib, "qancha ko'p suv berilsa, shuncha ko'p hosil olinadi" degandan ko'proq hosil olinishini yodda tutish kerakligini unutmasligimiz kerak.

Menyu